AQSH Davlat Departamenti delegatsiyasi Sirdaryoda boʻldi

11:35 12 Dekabr 2019 Jamiyat
408 0

“Xalq soʻzi ONLINE”. Ahmadali Shernazarov/Sirdaryo. AQSH Davlat Departamentining Odam savdosiga qarshi kurashish va monitoring boshqarmasi tashqi siyosat masalalari boʻyicha vakili A. Fender boshchiligidagi delegatsiya Sirdaryo viloyatiga tashrif buyurdi.

AQSH Davlat Departamenti delegatsiyasi Sirdaryoda boʻldi

Suhbat davomida delegatsiya aʼzolariga mamlakatimizda, xususan, Sirdaryo viloyatida odam savdosiga qarshi kurashish borasida hamda majburiy mehnatga qarshi olib borilayotgan ishlar yuzasidan erishilayotgan ijobiy natijalar hamda komissiya faoliyatiga kiritilgan rejalar boʻyicha atroflicha maʼlumotlar berildi.

Ayniqsa, mamlakatimizda bolalar mehnatiga butunlay barham berilganligi, qishloq xoʻjaligi ishlari, hududlarni obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish davrida kattalarning majburiy mehnatidan foydalanishga chek qoʻyish boʻyicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotganligi aniq misollar orqali maʼlum qilinib, bu borada fuqarolarning huquqlari, qonuniy manfaatlarini kafolatli himoyalash, fuqarolik jamiyati vakillari va mazkur sohadagi xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni taʼminlash boʻyicha keng koʻlamli ishlar olib borilayotganligi aytib oʻtildi.

Uchrashuvda Andryu Fender soʻnggi yillarda Oʻzbekistonda fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, sud-huquq tizimini isloh qilish boʻyicha keng miqyosli ishlar olib borilayotgani, shu jumladan ustuvor yoʻnalish hisoblangan odam savdosiga qarshi kurashish va majburiy mehnatga yoʻl qoʻymaslik boʻyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani, ayniqsa bu borada Sirdaryo viloyatida amalga oshirilayotgan ishlar alohida diqqatga sazovor ekanligini taʼkidladi.

Muloqot yakunida odam savdosi hamda majburiy mehnatga qarshi kurashish borasida xorijiy nohukumat tashkilotlar bilan oʻzaro hamkorlikni yanada kuchaytirishga kelishib olindi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?