AQSH, Buyuk Britaniya, Xitoy va Hindiston fuqarolari O‘zbekistonga kelishga qiziqmoqda

15:26 19 Iyul 2018 Jamiyat
360 0
Illyustrativ foto

O‘zbekistonda elektron viza berish tizimi ishga tushirilishi bilan ikki kun ichida 28 mamlakat fuqarolaridan kirish vizasi olish uchun 200ga yaqin ariza kelib tushdi va ulardan 31 tasiga viza berildi.

Ma’lumot uchun, yurtimizda elektron viza berish tizimi(e-visa.gov.uz) shu yil 15 iyuldan amaliyotga kiritildi. Mazkur platformadan viza rasmiylashtirish tartibi soddalashtirilgan davlatlardan O‘zbekistonga turistik maqsadlarga keladigan chet el fuqarolari foydalanishlari mumkin.

Bu boradagi eng ko‘p ariza AQSH (33), Buyuk Britaniya (30) va Xitoy(26)dan kelib tushgan. Polsha, Hindistondan esa 14 tadan murojaat yuborilgan.

O‘z navbatida e-visa.gov.uz qulayligini Ispaniya (9), Kanada(8), Fransiya va Niderlandiya (7 tadan), Germaniya, Irlandiya, Italiya (5 tadan), Belgiya va Portugaliya (4 tadan), Vengriya, Shveysariya va Avstraliya (3 tadan), Avstriya, Bolgariya, Daniya, Xorvatiya va BAA (2 tadan), Latviya, Litva, Makedoniya, Norvegiya, Shvetsiya va Saudiya Arabistoni (bittadan) fuqarolari ham ishlatgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?