AQSH bilan Xitoy oʻrtasidagi savdo urushida ... Vyetnam gʻalaba qozondi

19:21 04 Iyul 2019 Dunyo
608 0

Vashington va Pekin oʻrtasidagi savdo mojarosidan boshqalardan koʻra koʻproq Vyetnam yutdi. Ushbu mamlakat yalpi ichki mahsuloti kutilganidan ham ziyoda boʻldi.

AQSH va Xitoy oʻrtasidagi savdo urushida Vyetnam gʻalaba qozondi, deb yozadi “Vedomosti”. Vyetnamda YAIM II chorakda 6,71 foiz oshdi. Garchi oʻsish birinchi chorakdagi(6,82 foiz)ga nisbatan sekinlashgan boʻlsa-da, tahlilchilar prognozidan yaxshiroq natija qayd etildi.

Financial Times ham Vashington va Pekin oʻrtasidagi tijoriy qarama-qarshiliklardan Osiyo mamlakatlari ichida eng koʻp Vyetnam yutganini taʼkidladi. Uning baholashicha, AQSHga Vyetnamdan import 2019-yilning dastlabki toʻrt oyida oʻtgan yilning shu davridagiga nisbatan 40 foiz oʻsgan. Shu paytda Xitoydan AQSHga eksport 13 foiz qisqargan.

Ayni paytda Vashington 250 mlrd. dollarlik xitoy tovarlari importiga 25 foizlik boj qoʻygan va bu koʻrsatkichni 300 mlrd. dollargacha koʻtarishi ham mumkin. Shunday qilib AQSHga keladigan Xitoy importining deyarli barchasiga nisbatan boj qoʻyiladi.

Osiyo taraqqiyot banki prognozlariga koʻra, savdo mojarosi keskinlashadigan boʻlsa, Vyetnam yalpi ichki mahsuloti yaqin ikki yil ichida yana 2 foiz oʻsishi mumkin. Mamlakat bojga tushgan koʻplab tovarlarni sotayotgani uchun foyda olyapti. Boz ustiga, bungacha bir nechta kompaniyalar oʻz ishlab chiqarishlarini Vyetnamga koʻchirgan edi. Mamlakat ularni ancha arzon ishchi kuchi va uncha qatʼiy boʻlmagan iqtisodiy normalar evaziga jalb etgan. Oʻtgan yil Vyetnamga toʻgʻridan-toʻgʻri investitsiyalar hajmi 18 mlrd. dollarni tashkil qilgani buni tasdiqlaydi.

The Wall Street Journal nashrida yozilishicha, koʻplab eksportchilar mahsulotlarini Xitoydan Vyetnamga olib kelmoqda. Ularga biroz ishlov berib, soʻngra Vyetnam tovarlari sifatida AQSHga qayta eksport qilyapti. Vyetnam rasmiylari esa bunga qarshi kurashishga vaʼda bergan.

Xanoy bundan oldin ham xuddi shu kabi vositachilik rolini oʻynagan. Koʻp yillar davomida u xitoy poʻlatini AQSHga reeksport qilgan. Shu yoʻl bilan XXRga bojlarni aylanib oʻtishga yordam bergan.

Oʻshanda Vashington Vyetnamda poʻlatning bir necha turlari uchun paydo boʻlayotgan qoʻshimcha qiymat arzimas degan xulosaga kelgan boʻlsa


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?