AQSH armiyasi harbiy harakatlarda shilliqqurtlardan foydalanmoqchi

11:16 25 Avgust 2018 Dunyo
524 0
Illyustrativ foto

AQSH armiyasi yangi qurol sifatida dengiz jonivori miksinlarga eʻtiborni qaratmoqda. Bu jonzotlar yirik yirtqichlar bilan ham bemalol kurasha oladi. Harbiylar ular qoʻllagan usul yordamida dushman harbiy kemalarini ishdan chiqarmoqchi, deb yozadi terabayt.uz.

Miksinlar tashqi koʻrinishidan dengiz chuvalchanglariga oʻxshaydi. Sirtdan qaraganda ular judda sodda, lekin iqtidorli va hatto juda xavfli maxluq sanaladi. Ular tuzoqdan qutilib chiqish uchun tugunlarni yecha oladi yoki ovqatini uzib oladi. Miksinlar qarmoqqa yoki toʻrga tushgan yirik baliqlardan tortib akula va delfinlargacha yeb qoʻya oladi. Ular yana oʻziga xos shilimshiq suyuqlik ham chiqaradi. Suyuqlik suvga tegishi bilan shishib, kengayib ketadi va dushmaning jagʻini toʻldirib yuboradi.

AQSH harbiylari miksinlarning aynan shu xususiyatlaridan qurollanishda foydalanmoqchi Ushbu suyuqlik oqsil tolalari va shilimshiq komponenti boʻlgan mutsindan iborat. Tolalar suvga tekkanda xuddi prujinaga oʻxshab ishlaydi. Uchta komponent, yaʻni oqsil tolalari, mutsin shilimshigʻi va suvning aralashishi natijasida oʻziga xos toʻqima va juda egiluvchan toʻr yuzaga keladi hamda uning hajmi birdaniga kengayib ketadi.

Muhandislarning taʻkidlashicha, ushbu vosita yordamida kemaning eshkak eshuvchi parragini toʻxtatib tashlash mumkin. Hozirda shilimshiq toʻr unchalik katta boʻlmagan kemada sinab koʻrilmoqda. Bundan tashqari, harbiy shilimshiqdan zirhli jiletlar, kemalarning korpusini himoyalaydigan qobiq tayyorlash mumkin. Qolaversa, undan hatto yongʻin oʻchiruvchi vosita sifatida ham foydalansa boʻladi, deydi mutaxassislar.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?