AQSH Afg‘onistonga nisbatan strategiyasini o‘zgartirmaydi

14:22 11 Iyul 2018 Dunyo
256 0
Foto: The Atlantic

AQSH Milliy xavfsizlik kengashi(MXK) matbuot xizmati mamlakat 2017 yilda qabul qilingan Afg‘oniston bo‘yicha strategiyasini o‘zgartirishni rejalashtirmayotganini e’lon qildi. Bu haqida RIA Novosti xabar berdi.

“Biz o‘z strategiyalarimizni ularning samaradorlik nuqtai nazaridan muntazam o‘rganib boramiz... Biz o‘tgan yil yozda bo‘lganidan farqli ravishda asosiy strategiyamizni to‘liq qayta ko‘rib chiqishni rejalashtirmayapmiz”, dedi MXK vakili.

O‘z navbatida AQSH Afg‘onistondagi faoliyati doirasida ittifoqchilar o‘z hissalarini oshirishiga umid bildirgan.

“Oxirgi yillarda NATO mamlakatlari va sheriklar o‘z badallarini ko‘paytirdi hamda ikkita yangi hamkor NATO missiyasiga qo‘shildi. Boz ustiga, biz ittifoqchilar va sheriklar kontingent hamda moliyaviy badallarini ko‘paytirishni davom ettirgan holda Afg‘onistondagi og‘ir vazifaga o‘zlarining adolatli hissasini qo‘shishlarini kutyapmiz”, deya qo‘shimcha qildi u.

Bundan oldin AQSH mudofaa vaziri Jeyms Mettis Afg‘onistonda nemis askarlari ko‘payganini olqishlagan edi.

Aprel oyida esa NATO bosh kotibining operatsiyalar bo‘yicha o‘rinbosari Jon Manza alyans kontingenti Afg‘onistonda tinchlik o‘rnatilmagunga qadar qolishini bildirgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?