AQSH Afgʻonistondagi beshta harbiy bazasini yopdi

23:08 15 Iyul 2020 Jamiyat
541 0

Vashington va “Tolibon” harakati oʻrtasida tuzilgan tinchlik bitimiga muvofiq AQSHning Afgʻonistondagi beshta harbiy bazasi yopildi. TOLOnews xabarida aytilishicha, bu bazalar Hilmand, Uruzgon, Paktika va Lagʻmon viloyatlarida joylashgan edi.

Joriy yilning 29-fevralida Qatar poytaxti Doxada AQSH va “Tolibon” oʻrtasida tinchlik bitimi imzolandi. Unda Afgʻoniston turmalaridagi 5 ming tolibni ozodlikka chiqarish va xorij qoʻshinlarini mamlakatdan olib chiqish koʻzda tutilgan.

AQSHning Afgʻoniston boʻyicha maxsus vakili Zalmay Xalilzod Vashington bitimning birinchi bosqichini bajarganini – askarlari sonini kamaytirganini va beshta harbiy bazani tark etganini maʼlum qildi.

Afgʻonistondagi amerikalik harbiylar soni 8600 nafarga tushirilgan.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?