AQSH Oʻzbekistondagi immigratsiya va fuqarolik byurosini yopmoqda

18:27 13 Mart 2019 Jamiyat
513 0

AQSH immigratsiya va fuqarolik xizmati(US Citizenship and Immigrations Services) 21 ta mamlakatdagi byurolarini yopishga tayyorgarlik koʻryapti. Oilaviy vizalar berish, oʻgʻil(qiz) qilib olish, Amerika fuqaroligini berish boʻyicha murojaatlarni koʻrib chiqish kabi vazifalar AQSHning tegishli davlatlardagi elchixonalari va konsulliklari oʻrtasida taqsimlanadi, deb xabar berdi The Washington Post gazetasi.

Mazkur tashkilot direktori Frensis Sissna xizmat Davlat departamenti bilan kelishgan holda bir necha oy ichida oʻz byurolarini yopishini aytib oʻtgan. Uning fikricha, ular shu yoʻl bilan idoraning oxirlab qolgan resurslarini maksimum darajaga yetkazib qoʻyishga urinib koʻrishadi.

“Shunday usul bilan biz AQSH hududidagi (byurolarda) navbatlar bilan bogʻliq muammolarni hal etish uchun jamgʻarmamizni yanada samarali ishlatamiz va joylarda Davlat departamenti resurslarini yaxshiroq darajada sarflaymiz”, - degan xizmat boshligʻi.

U qaror ijrosi xodimlar tomonidan qilinadigan chigalliklar va aralashuvlar tufayli murakkablashishi mumkinligi haqida ogohlantirgan.

AQSH immigratsiya va fuqarolik xizmati fevral oyi boshida Moskva shahridagi oʻz byurosini yopishga doir qaror qabul qilgani haqida xabar bergandi. RF, Armaniston, Ozarbayjon, Belarus, Estoniya, Gruziya, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Latviya, Litva, Moldaviya, Tojikiston, Turkmaniston, Ukraina va Oʻzbekistondan immigratsiya bilan bogʻliq masalalarni Afinadagi byuro oʻz zimmasiga olgan.

Xizmat xodimlari soni qariyb 240 kishidan iborat. Ular AQSH va boshqa davlatlarda faoliyat yuritadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?