AQSH 2027-yilgacha Oyda atom reaktori qurmoqchi

22:20 07 Sentyabr 2020 Dunyo
240 0

AQSHning NASA koinot agentligi va energetika vazirligi Oyda atom reaktor qurmoqchiligini eʼlon qildi.

Sentyabr oxiri yoki oktyabr boshida bu boradagi loyihalar boʻyicha tanlov eʼlon qilinadi. Oyda reaktor quradigan kompaniya 2021-yil boshida tanlab olinadi.

Gʻolib loyiha mualliflari oldiga 2027-yilgacha Oyda atom reaktori qurish vazifasi qoʻyiladi. Bu reaktor Oyda, ayniqsa, Quyosh batareyalarini qoʻllash imkonsiz boʻlgan ikki hafta davom etuvchi tun vaqtida odamlar yashaydigan modullar va qurilmalarni energiya bilan taʼminlashi lozim. Bunday model keyinchalik Marsni oʻzlashtirishda qoʻllaniladi.

Dastlabki bosqichda Oydagi atom reaktor 10 kVt energiya ishlab chiqaradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?