“Aqlli” traktorlar: buyuring, ishni oʻzi bajaradi!

17:16 23 Noyabr 2018 Iqtisodiyot
1174 0

“Aqlli” traktorlar. Jizzax viloyatida “SilverLeaf — BMB agro trade group” Oʻzbekiston — AQSH qoʻshma korxonasi tomonidan roʻyobga chiqarilayotgan yangi Agroklaster loyihasi doirasida ekin ekish maydonlari uchun AQSHdan keltirilgan dastlabki koʻpfunksiyali texnikalarga aynan shunday taʼrif juda mos keladi.

Gap shundaki, ushbu texnikalarni boshqarish boshqalaridan ancha oson. Agronom ishlov beriladigan yerni oʻrganib chiqqach, mexanik haydovchi texnikaning xotirasiga tegishli parametrlarni kiritadi. Qolgan ishni esa traktorning oʻzi bajaradi. Buning uchun faqatgina buyruq tugmasini bosish kifoya.

Eng soʻnggi kompyuter va maxsus dasturlar bilan jihozlangan traktorlarning quvvati 270 hamda 335 ot kuchiga ega. Mutaxassislarning taʼkidlashicha, ular yordamida haydalgan yerlarda unumdorlik sezilarli ravishda yuqori boʻladi. Muhimi, endilikda bunday zamonaviy texnikalardan oʻzimizning dalalarda ham foydalanish imkoniyati tugʻildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?