“Aqlli mashina” paydo boʻldi

19:48 15 Yanvar 2019 Iqtisodiyot
866 0

Foto: Hakimjon Yoʻldoshev

Gʻijduvon tumanidagi “Bek Bags” oilaviy korxonasida matoni bir oʻlchamda kesib, bichib beradigan “aqlli mashina” paydo boʻldi.

— Ayni damda 25 turdagi sumka ishlab chiqaryapmiz, — deydi korxona ish yurituvchisi Ozoda Ramazonova. — Ilgʻor bichish dastgohi eksportchi korxonalar qatoridan oʻrin olishimizga yoʻl ochadi.

Oilaviy korxona sohiblari bankning 500 ming AQSH dollari miqdoridagi krediti va shaxsiy jamgʻarmasi evaziga zamonaviy ishlab chiqarish binosini qurib, zarur uskunalarni xarid qilishdi. Pirovardida bu yerda 32 ta ish oʻrni yaratildi.

— Korxonamiz tamgʻasi tushirilgan sumkalarni odamlar qoʻlida koʻrsam, quvonib ketaman, — deydi korxona ishchisi Maftuna Nusratova. — Mehnating samara keltirayotganini his qilib yashash ham bir baxt ekan.

Istam IBROHIMOV, “Xalq soʻzi” muxbiri.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?