Aqlli koʻzoynaklar qanday boʻladi?

17:21 28 Mart 2019 Jamiyat
423 0

Xitoyning Huawei kompaniyasi Janubiy Koreyaning Gentle Monster moda brendi bilan hamkorlikda oʻzining birinchi aqlli koʻzoynaklarini namoyish etdi. Ular oddiy muqobillariga juda oʻxshab ketadi. Bu haqda TechCrunch xabar berdi.

Bunday smart-koʻzoynaklar oʻzining odatiy vazifasidan tashqari, ovozni sozlash va musiqa eshitish uchun Bluetooth vositasini ham oʻtab beradi. Qolaversa, u orqali qoʻngʻiroqqa javob berish mumkin. Buning uchun uning yon tomoniga tegib qoʻyilsa, bas. Hech qanday tugmasi yoʻq. U NFC texnologiyasi asosida ishlaydi.

Gardishiga dinamika, mikrofon, antenna va akkumulyator oʻrnatilgan. Kamerasi esa mavjud emas.

Xitoy kompaniyasi bunday mahsulotlarning dastlabkilarini shu yil iyul oyida sotuvga chiqarmoqchi. Narxi hozircha maʼlum qilinmagan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?