"Aql bovar qilmas darajadagi natijalarga erishildi". Donald Tramp koronavirus vaksinasiga oid muhim yangilik haqida gapirdi

04:05 19 May 2020 Dunyo
605 0

Foto: Reuters

AQSH prezidenti Donald Tramp yaqin vaqt ichida mahalliy olimlar tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina haqida “muhim eʼlon“ni maʼlum qilishini aytdi.

“Bugun dorilar va vaksinalarning terapevtik ahamiyati bilan bogʻliq juda muhim kun boʻldi... Aql bovar qilmas darajadagi natijalarga erishildi. Aynan nima muhimligi eʼlon qilinadi“ dedi AQSH rahbari.

Prezident gap aynan nima haqida ketayotganini izohlamagan. Ammo uning taʼkidlashicha, “bozor deyarli ming punktga koʻtarilgan“.

Oldinroq Amerikaning “Moderna” biotexnologiya kompaniyasi tomonidan koronavirusga qarshi yaratilgan vaksina klinik sinovlarning birinchi bosqichida ijobiy natijalar koʻrsatgani haqida maʼlum qilgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?