Aptekalarda dori-darmonlar narxi qanday? — Jamoatchilik nazorati natijalari

12:16 04 Avgust 2020 Jamiyat
605 0

Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi 2020-yilning 3-avgust kuni Respublika maxsus komissiyasi tomonidan uy sharoitida COVID-19 infeksiyasini davolash uchun tavsiya etilgan «Azitromitsin», “Askorbin kislotasi”, «Gidroksixloroxin», “Paratsetamol” dorilarining dorixonalarda sotuvda mavjudligi, ularning narxi yuzasidan jamoatchilik nazorati tartibida oʻrganishda davom etdi. Federatsiya matbuot xizmati ushbu monitoring natijalari haqida quyidagilarni maʼlum qildi.

Unga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasining tuman (shahar)larida faoliyat koʻrsatayotgan dorixonalar tanlanma usulda oʻrganilganda mazkur dorixonalarda Sogʻliqni saqlash vazirligi va Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan tavsiya etilgan “Askorbin kislotasi” 1000-1500 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 soʻmgacha, «Azitromitsin» 6 mingdan soʻmdan 34000 ming soʻmgacha, sotilayotganligi maʼlum boʻldi.

Andijon viloyatining dorixonalarida bu koʻrsatkich “Askorbin kislotasi” 500-3500 ming soʻmgacha , “Paratsetamol” 450-1200 soʻmgacha, «Azitromitsin» ning narxi 4500 mingdan 38 ming soʻmgacha ekanligi aniqlandi.

Buxoro viloyati hududidagi dorixonalarda “Askorbin kislotasi” 4500-38000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500 gacha, «Azitromitsin» dorilari 300 dan 4000 soʻmgacha sotuvda.

Jizzax viloyati hududidagi dorixonalarda ham “Askorbin kislotasi” 1200-2000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500, «Azitromitsin» 5000-15000 soʻmgacha sotuvda mavjud.

Qashqadaryo viloyati hududidagi dorixonalarida olib borilgan oʻrganishlar natijasiga koʻra, “Askorbin kislotasi” 500-5000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500, «Azitromitsin» 5000-15000 soʻmgacha sotilmoqda.

“Askorbin kislotasi” 700-5000 gacha, “Paratsetamol” 500-1100 gacha «Azitromitsin»dori vositasi esa 5000-15000 soʻmgacha Navoiy viloyatining dorixonalarida sotilmoqda.

Sirdaryo viloyati dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 1000-3000 soʻmgacha, “Paratsetamol” 500-1500, «Azitromitsin» esa 5000-43000 soʻmgacha sotilyapti.

Fargʻona viloyatining dorixonalarida “Askorbin kislotasi” 500-4000 gacha , “Paratsetamol” 500-1200, «Azitromitsin» 5 mingdan 15 ming soʻmgacha turibdi.

Xorazm viloyatida esa “Askorbin kislotasi” 500-3000 gacha, “Paratsetamol” 500-1500, «Azitromitsin» 4000 dan 20000 soʻmgacha .

Toshkent viloyatida “Askorbin kislotasi”1000dan 4000 gacha, “Paratsetamol” 1000 soʻmdan «Azitromitsin» 8000 dan soʻmdan 17000 soʻmgacha sotilyapti.

Toshkent shahrida esa “Askorbin kislotasi”500-3000 gacha, “Paratsetamol” 1000-1500 gacha «Azitromitsin» 6500dan 44000 soʻmgacha sotilayotganligi aniqlandi.

Namangan viloyatining “Askorbin kislotasi”500-4000 gacha, “Paratsetamol” 600-1000 gacha «Azitromitsin» 4000- 12000 soʻmgacha, «Plakvenill» dorisi 234 ming soʻmdan sotilayotganligi kuzatildi. Uning zaxirasi ham 40 dona qutidan iborat.

Oʻrganilgan hududlarning birortasida «Gidroksixloroxin» mavjud emasligi ham ayon boʻldi.

Federatsiya tomonidan jamoatchilik nazorati tartibida COVID-19 infeksiyasini uy sharoitida davolash uchun zaruriy dori vositalar narx-navosi doimiy oʻrganib boriladi hamda bu borada keng jamoatchilik xabardor qilinadi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?