Aprelda Toshkentdagi savdo obyektlarida kunlik tushum oʻrtacha 1 mlrd. 428,5 mln. soʻmga oshdi

17:56 17 May 2019 Jamiyat
314 0

Joriy yilning aprel oyida Toshkent shahar davlat soliq xizmati organlari tomonidan 481 ta obyektda xronometraj koʻzdan kechirish tadbirlari oʻtkazildi. Natijada umumiy hisobda tushumlar miqdori oldingi kunlardagi oʻrtacha bir kunlik tushumga nisbatan 1,9 mlrd. soʻmga oshdi. Bu savdo, umumiy ovqatlanish, xizmat koʻrsatish, dorixona va tibbiy xizmat koʻrsatishga tegishli raqam.

Bundan tashqari, xronometraj tadbirlari davomida xoʻjalik yurituvchi subyektlarda 483 nafar fuqaro belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan ishlayotgani aniqlandi. Jumladan, poytaxtimizning Olmazor tumani, Qora-Qamish 2/5-dahasi, Oʻrazboyev koʻchasida faoliyat yuritayotgan savdo shoxobchasida oʻtkazilgan xronometraj davomida 38,3 mln. soʻm tushum amalga oshirilib, bir kun oldingiga nisbatan oʻrtacha 16,5 mln. soʻmga oshdi. Bundan tashqari, 18 nafar fuqaro belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtmasdan ishlayotganligi maʼlum boʻldi.

Eslatib oʻtamiz, 2018 yilning 1 oktyabridan boshlab, davlat soliq xizmati organlari tomonidan xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyatida oʻtkazilgan xronometraj natijalariga koʻra oxirgi hisobot davri uchun tovar (ish, xizmat)lar realizatsiyasidan kamaytirib koʻrsatilgan tushumni va xodimlar sonini qayta hisob-kitob qilgan holda soliqlarni hisoblashni amalga oshirish haqida talabnoma yuboradi, kamaytirib koʻrsatish takroran aniqlanganda, ushbu harakatlar soliq toʻlashdan boʻyin tovlash sifatida malakalanadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?