Aprel oyining boshida havo harorati qanday bo'ladi?

15:48 30 Mart 2020 Jamiyat
323 0

arxiv foto

30-mart kuni Turkmaniston hududidan iliq havo kirishi bilan ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Harorat iliydi va me’yoriy qiymatlardan bir oz yuqori boʻlib 20-25 daraja iliq atrofidani tashkil qiladi.

Mart oyining so'nggi kuni Kaspiy dengizi janubi-gʻarbiy qismi ustidagi janubiy siklon Oʻzbekiston hududiga siljib bulutlilik ortadi va respublika hududida ayrim joylarga yomgʻir yogʻadi. Haorat kechasi 7-12 daraja, kunduzi 18-23 daraja boʻladi.

1 aprelda Kavkazdan sovuq antisiklon kirishi bilan mamlakatimiz hududining katta qismida yomgʻirli ob-havo saqlanib turadi, faqat respublikaning shimoliy hududlarida yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kunduzi harorat pasayib, 13-18 daraja iliqni tashkil qiladi.

2 aprelda tunda va ertalab Toshkent viloyati va Fargʻona vodiysi viloyatlarida ob-havo nobarqaror boʻlib turadi, kunduzi yogʻingarchilik boʻlmaydi. Kechasi harorat 5-10 daraja boʻladi, kunduzi bir oz koʻtarilib 15-20 darajani tashkil qiladi.

3 aprelda respublikaning katta qismida ob-havoning yogʻingarchiliksiz boʻlishi kutilmoqda faqat shimoliy tumanlarda Qozoqiston hududidan sovuq havo oqimi kirishi natijasida ayrim joylarga yomgʻir yogʻishi mumkin. Harorat mamlakatimizning katta qismida kechasi 7-12 daraja boʻladi, kunduzi 20-25 darajagacha koʻtariladi, shimolda yomgʻir bilan 15-20 darajani tashkil qiladi.

4 aprelda ob-havo yogʻingarchiliksiz boʻladi. Harorat avvalgidek saqlanib, shu kun uchun xos boʻlgan iqlimiy me’yordan bir oz yuqori boʻladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?