“Apple” pandemiyadan keyin ham masofaviy ishlashni davom ettirmoqchi

14:36 23 Sentyabr 2020 Dunyo
213 0

“Apple” xodimlari masofadan turib ishlash jarayonida o‘zlarining samaradorliklarini isbotlashdi, deya bayonot berdi Amerika korporasiyasi rahbari Tim Kuk.

Shu bois u pandemiyadan so‘ng ham xodimlar uchun uyda ishlash imkoniyatini saqlab qolmoqchi ekanligini ta’kidlagan.

“Men avvalgi ish formatiga qaytamiz deb o‘ylamayman. Koronavirus bilan bog‘liq vaziyat ko‘p narsalarning virtual rejimda mukammal ishlashini namoyish etdi”, deydi korporasiya rahbari.

Ma’lumot o‘rnida, hozirgi paytda kompaniya xodimlarining 85 foizi masofadan turib ishlamoqda. Ofis ishiga to‘liq qaytish jarayoni esa faqat keyingi yil bo‘lishi kutilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?