Apple Oʻzbekistonga 59,2 ming dollar soliq toʻladi

20:51 11 May 2020 Iqtisodiyot
216 0

Tarixdagi eng yirik kapitallashgan korporatsiya – Apple Distribution International Limited Oʻzbekistonda ixtiyoriy ravishda QQS toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi va I chorakdagi faoliyati natijalariga koʻra, davlat byudjetiga 59,2 ming AQSH dollari miqdorida soliq toʻladi.

Avval xabar qilganimizdek, 2020-yildan boshlab Oʻzbekiston Respublikasi hududida jismoniy shaxslarga xizmatlarni elektron shaklda taqdim etadigan xorij kompaniyalari uchun qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlash tartibi joriy etilgan edi.

Bugungi kunga qadar Oʻzbekistonda elektron xizmat koʻrsatayotgan 10 ta chet el kompaniyasi “Internet-kompaniyalarning QQS ofisi” (http://tax.uz) orqali qoʻshilgan qiymat soligʻi (QQS) toʻlovchisi sifatida roʻyxatdan oʻtdi.

Eslatib oʻtamiz, avvalroq Oʻzbekiston hududida elektron xizmat koʻrsatuvchi xorij kompaniyasi – “Google Commerce Limited” ham QQS toʻlovini amalga oshirgan edi. Mazkur kompaniya joriy yilning I choragi yakunlariga koʻra, davlat byudjetiga 85 ming yevro toʻladi.

Bundan tashqari, filmlar va seriallar yetkazib beruvchi – Netflix International B.V. kompaniyasi ham Oʻzbekiston byudjetiga 4,3 ming yevro miqdorida QQS toʻlagan.

Chet el kompaniyalarining ixtiyoriy ravishda roʻyxatdan oʻtishi va soliqlarni toʻlashi hududida pullik xizmat koʻrsatayotgan mamlakat qonunlarini hurmat qilishlarini anglatadi.

Davlat soliq qoʻmitasi soliq toʻlovchi sifatida roʻyxatdan oʻtgan va mamlakat byudjetini toʻldirayotgan xorijiy kompaniyalar haqidagi xabarlarni yetkazishni davom ettiradi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?