“Apple” dunyo boʻylab yuzga yaqin doʻkonlari ochilganligini eʼlon qildi

19:35 18 May 2020 Dunyo
2022 0

Foto: akket.com

“Apple” kompaniyasining vitse-prezidenti Deydra OʼBrayen bugundan pandemiya tufayli vaqtincha yopilgan dunyo boʻylab yuzga yaqin doʻkonlar oʻz faoliyatini qayta boshlaganini maʼlum qildi.

“Bugundan yuzga yaqin doʻkonlarimiz yana xaridorlarga oʻz eshiklarini ochadi”, degan u.

Qayd etilishicha, endilikda xaridorlar doʻkonlarga kirishdan oldin niqob taqishlari kerak boʻladi. Shuningdek, ularning tana haroratlari ham oʻlchanadi.

Eslatib oʻtamiz, epidemiya sabab 14-mart kuni “Apple” AQSH va boshqa mamlakatlardagi chakana savdo doʻkonlarini yopishga qaror qilingan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?