APLda avgust oyining eng yaxshi murabbiyi va futbolchisi nomi eʼlon qilindi

16:48 07 Sentyabr 2018 Sport
206 0
Foto: “Tottenhem” rasmiy tvitteri

“Uotford” bosh murabbiyi Xavi Grasiya Angliya Premyer-ligasining avgust oyidagi eng yaxshi murabbiyi deb topildi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar berdi.

Grasiya boshchiligida “Uotford” avgust oyida oʻtkazilgan premyer-liga doirasida 3ta uchrashuvning barchasida gʻalabaga erishdi. Ispaniyalik mutaxassis bu sovrin uchun Yurgen Klopp (“Liverpul”, 3ta gʻalaba), Maurisio Pochettino (“Tottenhem”, 3ta gʻalaba) va Maurisio Sarri (“Chelsi”, 3ta gʻalaba) bilan kurashda gʻolib keldi.

Shuningdek oyning eng yaxshi futbolchisi nomi ham maʼlum boʻldi. Bu nomga “Tottenhem” futbolchisi Lukas Moura sazovor boʻldi. Braziliyalik futbolchi 3ta oʻyinda 3ta gol kiritib, jamoasining muhim gʻalabalariga hissa qoʻshdi.

Lukasdan tashqari oyning eng yaxshi futbolchisi boʻlish uchun Markos Alonso (“Chelsi”), Nil Eterij (“Kardiff”), Sadio Mane (“Liverpul”), Benjamin Mendi (“Manchester Siti”), Roberto Pereyra (“Uotford”) va Virjil van Deyk (“Liverpul”) daʼvogarlik qilgandi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?