AOKAda Xitoy elchisi bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi

18:25 12 Aprel 2019 Jamiyat
452 0

Bugun Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Xitoy Xalq Respublikasining Oʻzbekistondagi favqulotda va muxtor elchisi Szyan Yan xonim va XXR ning Oʻzbekistondagi elchixonasi maslahatchisi janob Chjan Venchuan bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Muloqot davomida “Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oshirishda ikki tashkilot oʻrtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi. Jumladan, koʻzi ojiz va zaif koʻruvchilarni oʻquv, badiiy, ilmiy va boshqa turdagi adabiyotlar bilan taʼminlash, matbaa uskunalarini modernizatsiya qilish, bosmaxona va ishlab chiqarish binosini taʼmirlash, Koʻzi ojizlar bosmaxonasining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash yuzasidan fikr almashildi.

Xitoy tomoni Oʻzbekistonda nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiy moslashuviga sharoit yaratish boʻyicha koʻrilayotgan choralar muhim ahamiyatga ega ekanini qayd etib, “Koʻngil koʻzi” loyihasini amalga oshirishda yordam berishga tayyor ekanini bildirdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?