Anzur Ismoilov Ektor Kuper futbolchilardan nima talab qilayotgani haqida gapirdi

22:54 03 Yanvar 2019 Sport
484 0

Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Anzur Ismoilov Osiyo Kubogi musobaqasiga davom etayotgan tayyorgarlik haqida OʻFA Matbuot xizmatiga oʻz fikrlarini bildirib oʻtdi.

“Bugungi kun juda samarali oʻtdi. OFK tomonidan tashkil etilgan yigʻilishda qatnashdik, yigʻilish davomida koʻplab muhim maʼlumotlar haqida xabardor boʻldik. Ayniqsa, musobaqa davomida amal qiladigan qoidalar bilan yaqindan tanishganimiz foydali boʻldi. Futbol qoidalarida muntazam ravishda oʻzgarishlar boʻlayotgani, yanada mukammallikka intilishayotgani yaxshi albatta. Osiyo Kubogi davomida ushbu qoidalarga amal qilishga intilamiz.

Musobaqa boshlanishini barchamiz intiqlik bilan kutyapmiz. Birinchi oʻyinga jiddiy tayyorgarlik ketyapti. Koʻproq kombinatsion oʻyin namoyish qilishga, tezkor paslar bilan hujumlar tashkil qilishga eʼtibor qaratilmoqda. Murabbiy bizdan maydonda borimizni berib oʻynashni talab qilyapti. Biz uning bu talabini toʻliq bajarishga harakat qilamiz“, - deydi Anzur Ismoilov.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?