Anvar qori Tursunovning holati haqida bayonot berildi

09:41 08 Iyun 2018 Jamiyat
33676 0

Bugun 8 iyun saharda Toshkent shahri bosh imom xatibi Anvar qori Tursunov olamdan o‘tgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda yolg‘on ma’lumotlar yana tarqaldi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi Matbuot xizmatining O‘zAga ma’lum qilishicha, “Anvar qori Tursunovning vafot etgani haqidagi xabarlar yolg‘on, lekin uning ahvoli ayni paytda og‘ir, muolajalar esa davom etmoqda”.

Anvar qori Tursunov oilasi bilan yaqin aloqada bo‘lgan yana bir manba, taniqli shoir Muhammad Ismoilning yozishicha, “Bugun ijtimoiy tarmoqlarda qorining hayoti bilan bog‘liq e’lon qilingan ma’lumotlar hech qanday asosga ega emas.

Bunday asossiz xabarlar jamoatchilikni chalg‘itmoqda”, deydi Muhammad Ismoil o‘z xabarida.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?