Antoniu Guterresh BMTning 75 yildagi eng asosiy yutugʻini maʼlum qildi

00:30 05 May 2020 Dunyo
421 0

Foto: AFP

BMTning asosiy yutugʻi shundaki, tashkilotning 75 yillik koʻplab saʼy-harakatlari sabab insoniyat Uchinchi jahon urushidan qochishga muvaffaq boʻldi.

Bu haqda BMT bosh kotibi Antoniu Guterresh “TASS” axborot agentligiga bergan intervyusida aytib oʻtdi.

“75 yil ichida bironta ham katta urush boʻlmadi. Biz Uchinchi jahon urushidan qochishga muvaffaq boʻldik. Insoniyat BMT va boshqa tashkilotlarning saʼy-harakatlari tufayli ushbu 75 yil ichida Birinchi jahon urushi va Ikkinchi jahon urushi kabi fojiali vaziyatga tushib qolmasdan yashay oldi. Bu bizning bugungi yutugʻimiz”, deydi tashkilot rahbari.

Guterresh tinchlik va xavfsizlik “BMTning ustuvor vazifalari” ekanligini taʼkidladi. Shu nuqtayi nazardan, uning soʻzlariga koʻra, tashkilot hozirda oʻz faoliyati natijalari bilan faxrlanishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?