Antarktidadagi harorat rekord oʻrnatishda davom etmoqda

22:32 14 Fevral 2020 Dunyo
146 0

Foto: www.google.com

Braziliyalik olimlar Antarktidada haroratning yangi rekordini qayd etishdi. Termometrlarning ustunlari +20,75 darajaga koʻtarildi.

9-fevral kuni Seymur orolida havo shunday darajani qayd etdi. Bu haqda The Guardian xabar bermoqda.

Yangi rekord avvalgidan 2,45 darajaga koʻpdir. Oldingi rekord 6-fevral kuni oʻrnatilgan boʻlib, oʻshanda Argentinaning “Esperanza“ bazasida havo harorati +18,3 darajani koʻrsatgandi.

Olimlarning fikriga koʻra, bu harorat gʻayritabiiy. Ammo rekord hali Jahon Meteorologiya Tashkiloti tomonidan tasdiqlanmadi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?