Antarktida “yashil qor” paydo boʻldi

21:48 23 May 2020 Dunyo
164 0

Global isish Antarktida qorlarida yashil suv oʻtlarining paydo boʻlishiga olib kelmoqda.

Bu haqda Science Daily nashri maʼlum qilmoqda.

Maʼlumotlarga qaraganda, Kembrij universiteti hamda Buyuk Britaniyaning Antarktida xizmati olimlari taxminan ikki kvadrat kilometr maydonda 1700 ga yaqin suv oʻtlarining gullash manbalarini aniqlashgan boʻlib, qayd etilishicha, ular koʻproq pingvin hamda qushlarning yashash joylarida uchramoqda.

Mutaxassislarning fikriga koʻra, haroratning uzoq vaqt shu kabi ortib borishi natijasida Antarktidaning bir qismi qor qoplamini yoʻqotishi mumkin.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?