Antaliya meri 16 million chet ellik sayyohga xat yozib, ularni mehmonga chaqirmoqchi

20:00 22 Aprel 2020 Dunyo
407 0

Turkiyaning yirik sayyohlik shaharlaridan biri — Antaliya meri Munir Karaloʻgʻlu 2019-yilda shaharga tashrif buyurgan barcha sayyohlarga xat yozmoqchi.

“Turizm Guncel”ning yozishicha, shahar meri oʻtgan yil shaharda dam olgan 16 million nafar chet ellik sayyohga “Uyda qoling, lekin Antaliya haqida orzu qiling“ mazmunida xat yubormoqchi.

“Turizm koronavirus pandemiyasidan soʻng tez tiklanadigan sohaga aylanishi mumkin. Shuning uchun inqiroz davrida ham mijozlar bilan aloqani davom ettirish, oʻz hududingiz haqida maʼlumot berishingiz kerak“, deydi Munir Karaoʻgʻli.

“Oʻtgan yili Antaliyaga xorij mamlakatlaridan 16 million nafar sayyoh tashrif buyurgan. Bugun biz ularning har biri bilan alohida suhbat qurmoqchimiz, “Uyda qolinglar, lekin Antaliya haqida orzu qilinglar“, demoqchimiz dedi u.

Mer oʻtgan yil Antaliya kurortlariga tashrif buyurgan har bir sayyoh bilan elektron pochta yoki turli messenjerlar orqali bogʻlanib, ularni pandemiyadan keyin mehmonga taklif qilmoqchi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?