Angrenda sartarosh ayol 20 yoshli yigitni oʻldirib qoʻydi

09:12 30 Oktyabr 2019 Jamiyat
108 0

Illyustrativ foto

25-oktyabr kuni Angren shahar 5/5 dahasida joylashgan sartaroshxonada ishlovchi Guli ismli 1994-yilda tugʻilgan ayol Zohid ismli tanishini oʻldirib qoʻydi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati “Daryo”ga maʼlum qildi.

Guli oʻzaro janjal oqibatida Zohidning (1999-yilda tugʻilgan) chap koʻkrak qafasiga bir marotaga urib, uni qasddan oʻldirgan.

Mazkur holat yuzasidan shahar prokuraturasi tomonidan Guliga nisbatan Jinoyat Kodeksining 97-modda (“Qasddan odam oʻldirish”) 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?