Angliyalik trenerlar Navoiyga nega bordi?

13:38 18 Sentyabr 2019 Jamiyat
621 0

Davlat xizmatlari agentligining Navoiy viloyati boshqarmasida Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Buyuk Britaniya Qirolligi bilan xalqaro hamkorlik doirasidagi kelishuvlarga asosan boshqaruv tizimida davlat xizmatchilarining bilim va koʻnikma, malakalarini oshirishga qaratilgan dastur boʻyicha boshqaruv malakasini shakllantirish hamda liderlik qobiliyati koʻnikmalari mavzusida seminar trening oʻtkazildi.

Mashgʻulotlarda Davlat xizmatlari agentligi mutaxassis xodimlari hamda viloyat Adliya boshqarmasining vakillari ishtirok etishdi.

Uch kun davom etgan treningda mashgʻulotlar ingliz tilida olib borilib, davlat xizmatchilari tizimda boshqaruv malakasi va koʻnikmalari, munosabat va muomala psixologiyasi, adliya sohasida liderlik qobiliyatidagi muammolar, boshqaruvda his-hayajonning nojoʻya taʼsiri, oʻz salohiyatiga xolis baho berish kabi jihatlarni oʻrganishdi.

Temur ESHBOYEV,

(“Xalq soʻzi”).

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?