Angliyaning «Everton» klubi stadioni Oʻzbekiston bayrogʻi bilan bezatildi

16:58 17 Oktyabr 2020 Sport
226 0

Bugun Angliya premyer-ligasining 5-turi oʻyinlariga start berildi. 

Xususan, ayni paytlarda mamlakat chempionatining eng koʻhna derbilaridan biri — "Everton" — “Liverpul” oʻrtasidagi bahs boʻlib oʻtyapti. 

Eʼtiborlisi, mazkur markaziy matchlardan biriga mezbonlik qilayotgan «Gudison Park» stadioni tribunalaridan biri Oʻzbekiston bayrogʻi bilan bezatildi

“APL oʻyinlarida men koʻrgan eng katta bayrogʻimiz shu” deya eʼtirof etdi barcha hamyurtlarimiz uchun yoqimli boʻlgan ushbu holatni taniqli futbol sharhlovchisi, sport jurnalisti Davron Fayziyev.

Eslatib oʻtamiz, asli kelib chiqishi oʻzbekistonlik boʻlgan biznesmen Alisher Usmonovga tegishli USM Holdings kompaniyasi «Everton» klubi uchun qurilajak yangi oʻyingohga nom qoʻyish huquqini shu yili sotib olgan edi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?