Angliyadagi British Museum’ning yangi zaliga Imom al-Buxoriy nomi beriladi

16:48 11 Iyun 2018 Madaniyat
358 0
Foto: commons.wikimedia.org

Shu yilning kuzida “British Museum”ning yangi zali ochilishi kutilmoqda. Unga “Al Buxoriy” galereyasi nomi berilishi rejalashtirilmoqda. Muzey vakillari ushbu galereyada 1000 ta artefakt namoyish etishni rejalashtirishmoqda. Bunda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi tomonidan ham amaliy yordam berilishi kutilmoqda.

Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Baxtiyor Sayfullayev Angliyaning British Museum muzeyining “Islom madaniyati” departament rahbari Ladan Akbarniya boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv vaqtida ma’lum qilindi.

Madaniyat vazirligi qoshidagi “Madaniyat va san’atni rivojlantirish Fondi” tomonidan tashkil etilgan ushbu uchrashuvda British Museum muzeyida O‘zbekistonning tarixiy boy madaniy meroslari ko‘rgazmani tashkil etish masalasi borasida fikr almashildi.

Madaniyat vazirligi matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Angliya delegatsiyasi o‘zbekistonlik mutaxassislarni British Museum’da 6 haftalik o‘quv kurslarida malaka oshirishga taklif qilishdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?