Angliya premer-ligasida chempion aniqlandi

13:22 16 Aprel 2018 Sport
377 0

“Manchester Siti” klubi Angliya premer-ligasining 2017/18 yilgi mavsumi chempioniga aylandi.

Chempionatda peshqadamlik qilayotgan “Manchester Siti” premer-liganing 34-turda “Tottenxem” jamoasini mag‘lub etdi — (3:1). Ikkinchi o‘rinda borayotgan “Manchester Yunayted” esa o‘z maydonida kutilmaganda “Vest Bromvich”ga yutqazib qo‘ydi (0:1).

Natijada chempionat tugashiga 5 ta tur qolgan mazkur ikki jamoa o‘rtasidagi ochkolar farqi 16 taga yetdi. Bu har qanday holatda ham “Manchester Yunayted” “Manchester Siti”ni quvib o‘tolmaydi, deganidir.

Ma’lumot o‘rnida aytib o‘tamiz, mazkur chempionlik “Manchester Siti” tarixidagi beshinchisi hisoblanadi. Bungacha ushbu jamoa 1936/37, 1967/68, 2011/12, 2013/14 yillardagi mavsumlarda mamlakat birinchiligida g‘oliblikka erishgan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?