Angela Merkel va Vladimir Putin shugʻullangan bitta sport turi bor. U qaysi?

22:39 20 May 2020 Sport
258 0

U dzyudodir. Quyida ushbu sport turi haqida qiziqarli maʼlumotlarni keltirib oʻtamiz.
1. Jangchining “yengil yoʻli”

Qanchalik gʻayritabiiy tuyulmasin, lekin dzyudo asoschisi va jang sanʼati ustasi Dzigoro Kano bolaligida juda zaif va kuchsiz bola edi, shuning uchun tengdoshlari uni doim masxara qilardi. Shuni hisobga olib, oʻn yetti yoshida u jismoniy holatini mustaqil ravishda mustahkamlashga qaror qildi va shu sababli u jiu-jitsu bilan astoydil shugʻullana boshladi.

Kano 22 yoshga toʻlgach, universitetni tugatgandan bir yil oʻtib, asosi toʻqqiz nafar shogirddan iborat oʻzining sport maktabini ochdi. Aynan ular uchun usta oʻzining jiu-jitsu haqidagi tasavvurlarini tushuntiradi. Shu sababli, 1882-yil fevral oyida ushbu sport turiga asos solingan kun hisoblanadi.

2. Tana va ruh uchun

Shunisi eʼtiborga molikki, zamonaviy dzyudo nafaqat ruhni mustahkamlashni, balki oʻzlikni anglashni yaxshilaydi. Jang sanʼati asoslariga amal qilgan har bir odamda odob oʻquvchilarning oʻzaro yordami orqali rivojlanadi. Bundan tashqari, inson muvozanatli, xotirjam, xotirasi yaxshi rivojlanadi, shuningdek, murakkab texnikani oʻrganish uchun kuzatuvchanlik ham zarur. Tasavvur rivojlanishda ham faol ishtirok etadi.

Dzyudo mashgʻulotlarining xavfsizligi tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlangan: shifokorlar kurash sanʼatining ushbu turi yoshlar uchun mutlaqo xavfsiz ekanligini aniqladilar. Shu bilan birga, olingan barcha jarohatlarning deyarli 70 foizi mashgʻulotlarda emas, musobaqalarda roʻy beradi.

3. Dunyo boʻylab dzyudo

Dzyudo juda chuqur falsafaga ega, shuning uchun ushbu jang sanʼati uslubini boshqa yoʻnalishlarning buyuk ustalari – aykido asoschisi Morixey Uesib, Braziliyaning jiu-jitsusi yaratuvchisi Mitsuo Mayeda oʻrganishgan. Bundan tashqari, asoschining rafiqasi Sumano Kano ham dzyudo bilan shugʻullangan.

Koʻpgina zamonaviy taniqli yulduzlar va kurashchilar ushbu jang sanʼatidagi muhim yutuqlari bilan mashhur boʻlishgan. Ular orasida Gollivud aktyorlari Gay Richi va Stiven Sigal, hatto Germaniya kansleri Angela Merkel ham ushbu jang sanʼatini chetlab oʻtolmagan. Bundan tashqari, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin ham mashhur dzyudochilar qatoriga kiradi.

4. Dzyudo Olimpiya oʻyinlarida

1964-yil dzyudo uchun muhim yil boʻldi. Oʻsha yili jang sanʼati Tokiodagi Olimpiya oʻyinlari dasturiga kiritilgan. Bundan tashqari, toʻrtinchi oʻrinni egallagan sobiq ittifoq sportchilari uchun debyut kutilganidan ham muvaffaqiyatli boʻldi. Ushbu Olimpiada sobiq ittifoq dzyudochilari murabbiyining nostandart taktikalardan foydalanishi bilan ajralib turdi: u har bir vazn toifasida bittadan emas, balki ikkitadan – ham yengil, ham ogʻir vazn toifasida sportchi tanlashga qaror qilgan edi. Shunday qilib, u kamida bitta medalni qoʻlga kiritishini koʻzlagandi. Ammo vazifa aʼlo darajada uddalandi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?