Anesteziolog va reanimatologlar rossiyalik hamkasblari bilan tajriba almashdi

11:57 14 Iyun 2019 Jamiyat
400 0

Poytaxtimizda Oʻzbekiston anesteziolog-reanimatologlarining navbatdagi xalqaro konferensiyasi boʻlib oʻtdi. Oʻzbekiston Respublikasi anesteziolog va reanimatologlar assotsiatsiyasi hamda Rossiya Federatsiyasining reanimatologiya va reabilitologiya federal ilmiy-amaliy markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur anjuman soha mutaxassislarining oʻzaro tajriba almashishiga imkon yaratdi. 

Konferensiyada sohada taʼlim va fan integratsiyalashuvi, shuningdek, bemorlarda jarrohlik operatsiyalari vaqtida va undan keyingi holatlarda yuzaga keladigan muammolarni bartaraf etish usullari muhokama qilindi.

— Mazkur tajriba almashuv jahon tibbiyotining muhim yutuqlari, tadqiqotlardagi yangi yoʻnalishlarini yurtimiz sogʻliqni saqlash tizimiga joriy etishda katta ahamiyatga ega, — deydi Toshkent Vrachlar malakasini oshirish instituti professori Joʻraboy Sobirov. — Kelgusida ilgʻor xorijiy klinikalarda soha xodimlarining malaka va tajribasini oshirish rejalashtirilgan.

Tadbirda xorijlik yetakchi anesteziolog va reanimatologlarning maʼruzalari tinglandi. Zamonaviy tibbiy uskunalar koʻrgazmasi uyushtirildi.

Muhammadjon AHMADJONOV.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?