Andrey Razigrayev: “Yaqin kelajakda Oʻzbekistonni turistik “bum“ kutmoqda”

12:11 12 Iyun 2019 Welcome to uzbekistan
508 0

Arxiv foto

Taniqli teleboshlovchi, prodyuser, shoumen va “Muz-TV” (Rossiya) telekanali dasturiy direktori Andrey Razigrayev oʻzining instagram sahifasida yaqin kelajakda Oʻzbekistonni turistik bum kutayotganini qayd etdi.

Shu kunlarda “Yoʻllanmasiz taʼtil” (“Otpusk bez putevki”) koʻrsatuvining navbatdagi sonini tayyorlash maqsadida Rossiyaning mashhur “Muz-TV” telekanalining tasvirga olish guruhi Oʻzbekistonda boʻlib turibdi, deb xabar bermoqda Turizmni rivojlantirish davlat qoʻmitasi Matbuot xizmati.

Telekoʻrsatuv boshlovchisi Andrey Razigrayev rahbarligi ostidagi guruh Xivaning Nurullaboy saroyi, Pahlavon Mahmud va Said Alouddin maqbaralari, Ichan Qalʼa kabi tarixiy obyektlariga tashrif buyurishdi.

A. Razigrayev instagram sahifasida oʻz taassurotlarini quyidagicha bayon etadi:

“Bu yerda muhit ajoyib, taomlar mazali va hamma narsa hamyonbop. Xiva — shahar emas, Markaziy Osiyoning haqiqiy javohiri!”

Teleboshlovchining taʼkidlashicha, tez orada Oʻzbekiston sayyohlarga toʻlib ketadi. Bunda u yaqin kunlarda “Muz-TV” telekanali efiriga chiqadigan “Yoʻllanmasiz taʼtil” (“Otpusk bez putevki”) travel-shousining navbatdagi soni yordam berishiga umid qiladi.

Tasvirga olish guruhi Oʻzbekistonga tashrifi davomida Toshkent, Buxoro va Samarqand shaharlarida ham boʻladi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?