Andijonlik yigitning ism-sharifi va surati Times Squareʻda joylashgan ulkan monitorda namoyish qilindi

10:50 23 Sentyabr 2020 Jamiyat
1179 0

Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmatining yozishicha, Xoʻjaobod tumanida tugʻilgan Dostonbek Toirov AQSHning Morgan Stanley shirkatida amaliyot oʻtashni boshlagan. Shirkat maʼmuriyati amaliyotning ilk kuni Dostonbekka kutilmagan sovgʻa tayyorlabdi. Yaʼni Nyu-Yorkdagi mashhur Times Squareʻda joylashgan ulkan monitorda oʻzbekistonlik mutaxassisning ism-sharifi va surati namoyish qilindi.

“Times Squareʻdagi monitorda oʻz nomimni koʻrib benihoya hayajonlandim”, - deydi Dostonbek Toirov.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?