Andijonlik fermer daladan o‘lik holda topildi

15:21 25 May 2018 Jamiyat
1709 0
Foto: unian.net

Andijon viloyatida fermerni o‘z dalasida o‘ldirib ketgan holda topishdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.

Manbada qayd etilishicha, 21 may kuni Andijon viloyatining Buloqboshi tumanidagi Sohibkor MFY hududida joylashgan dala maydonidan Guliston MFY Olmos ko‘chasida yashagan A.X.ning bo‘yin va o‘ng ko‘krak qismiga o‘tkir tig‘li jism bilan jarohat yetkazilgan holdagi jasadi topilgan edi.

Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Soxibkor MFYda yashovchi R.U. o‘zaro janjal oqibatida sodir etganligi aniqlanib ushlangan.
 


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?