Andijonlik 30 nafar urush qatnashchisiga tilla soatlar sovg‘a qilindi (Foto)

13:08 04 May 2018 Jamiyat
1539 0
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Andijonlik 30 nafar urush qatnashchisiga Prezident nomidan bir martalik pul mukofoti hamda tilla suvi yurgizilgan soatlar tantanali ravishda topshirildi.

Tadbir keng jamoatchilik vakillari, yoshlar hamda harbiy xizmatchilar ishtirokida o‘tkazildi. Urush va mehnat faxriylariga bayramona dasturxon yozildi. Ularga hurmat va extirom ko‘rsatildi. Tashrif buyurgan maktab va kollej o‘quvchilari hamda faxriylar uchun qurol-aslaha va harbiy texnika ko‘rgazmasi namoyish etildi. Shu bilan birga keksa avlod vakillari yoshlarga bosib o‘tgan hayot yo‘llari, turmush saboqlari hamda urush xotiralarini so‘zlab berdi. Mustaqillik, tinchlik bebaho ne’mat ekanligi, uni asrab-avaylash va ona Vatan taqdiriga daxldorlik hissi bilan yashash har bir insonning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlandi. 

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Bayramona tadbir yakunida Andijon garnizoni harbiy orkestri hamda el ardog‘idagi xonandalar tomonidan konsert dasturi taqdim etildi. Tadbirda sovg‘alarni Mudofaa vazirining o‘rinbosari polkovnik A. Ikramov hamda Andijon viloyati hokimi Sh. Abdurahmonov topshirdi, deyiladi Mudofaa vazirligi matbuot xizmati tomonidan "Xalq so‘zi online"ga taqdim etilgan xabarda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?