Andijondagi yongʻin tafsilotlari maʼlum boʻldi (video)

13:40 15 Iyun 2019 Jamiyat
876 0

Bugun 15-iyun kuni Andijon shahrida sodir boʻlgan yongʻin borasida batafsil maʼlumot taqdim etildi. Bu haqda FVV YOXBB OAV bilan hamkorlik qilish boʻlinmasi xabar bermoqda.

2019-yilning 15-iyun kuni soat 09:10da Andijon viloyati YOXB Kuch va vositalarni boshqarish va muvofiqlashtirish markaziga Andijon shahar Yoyilma MFY hududida joylashgan 4 qavatli (60 ta xonadonli) 1-uyning tom (chordoq) qismida yongʻin sodir boʻlayotganligi haqida xabar kelib tushgan.

Voqea joyiga 8 ta asosiy yongʻin oʻchirish avtoekipajlari va 2 ta avtonarvon yuborilgan. Yongʻin oʻchirish ekipajlari soat 09-17 da yetib borgan, koʻrilgan tezkor harakatlar natijasida soat 09-35 da yongʻin qurshab olingan va 09-55 da toʻliq bartaraf etilgan hamda yongʻindan 1-uyga tutash qurilgan koʻp qavatli 2-uyning 480 kv.metr maydonda tom qismi saqlab qolingan. Tan jarohati olganlar va halok boʻlganlar yoʻq.

Yongʻin oqibatida 1-uyning 480 kv.metr maydonda yogʻoch konstruksiyalardan qurilib, tunuka bilan yopilgan tom qismi yonib zararlangan. Yongʻinning taxminiy sababi elektr simlarining qisqa tutashuvi. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?