Andijondagi uylardan birida portlash sodir boʻldi. 8 kishi kasalxonaga yotqizildi (video)

15:49 04 Dekabr 2019 Jamiyat
1406 0

Bugun, 4-dekabr kuni soat taxminan 14:00larda Andijon viloyati Andijon shahrining 2-kichik dahasida joylashgan koʻp qavatli uylarning birida qoʻlbola usulda tayyorlangan gazni tortish moslamasida yuzaga kelgan chaqnash natijasida yongʻin sodir boʻlgan, yongʻindan uyning 4 ta xonadoni zarar koʻrgan. 

Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti maʼlumotlariga koʻra, hodisa sodir boʻlgan joyda 8 nafar fuqaro kasalxonaga murojaat qilganlar, qurbonlar yoʻq.

Hodisa sodir boʻlgan joyda tergov-tezkor guruhi ishlamoqda. Mazkur holat yuzasidan qoʻshimcha ravishda maʼlumot berilishi aytilgan.

“Hurmatli fuqarolar! Shu kabi holatlarning oldini olish maqsadida, Sizdan, xonadoningiz va boshqa binolarda faqat davlat standartlariga javob beradigan uskunalardan foydalanishni va gaz anjomlarida gaz sizib chiqish holatlari bor yoki yoʻqligiga eʼtiborli boʻlishingizni hamda ulardan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilishingizni soʻraymiz”, - deyiladi Tergov departamenti maʼlumotida.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?