Andijonda yangi sogʻlomlashtirish markazi ish boshladi

16:47 10 Sentyabr 2018 Jamiyat
399 0
Illyustrativ foto

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijon shahrining “Barkamol” mahallasida yangi sogʻlomlashtirish markazi faoliyat boshladi.

Toʻrt yuz million soʻm mablagʻ evaziga barpo etilgan mazkur majmuada mahalla aholi sport bilan shugʻullanib, salomatliklarini mustahkamlash uchun barcha zarur sharoit yaratilgan.

“Sogʻlom oiladan sogʻlom kelajak bunyod boʻladi. Shu bois ham sogʻlom turmush tarzini shakllantirishni oiladan boshlanadi. Ana shu maqsadda mahallamizda 1000 dan ortiq kitobga ega boʻlgan bepul kutubxona faoliyati yoʻlga qoʻyildi. Xotin-qizlar uchun velosport mashgʻulotlarini tashkil etilgani barchaga manzur boʻldi. Mana shunday xayrli ishlarning davomi sifatida oʻz ishini boshlagan sogʻlomlashtirish markazi yoshu-keksani oʻziga chorlamoqda”, - deydi “Barkamol” MFY raisi Tabassum Isroilova.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?


Ko‘p o‘qilganlar

Afisha

“Hayot” filmi endi teleekranlarda. U bayram kunlari MTRK telekanallari orqali efirga uzatiladi

Osmonga koʻtarilayotgan harbiy vertolyotlar, qiruvchi samolyotlardan olingan tasvirlar, jang maydonidagi qonli muhoraba, oh-vohlar, baqir-chaqirlar... Askar snayperlik vintovkasining durbini orqali dushmanning peshonasini moʻljallamoqda. U aynan qayerga oʻq uzmoqchi ekanini ziyrak boʻlmagan tomoshabin ham darrov ilgʻashi tayin: durbinning moʻljal belgisi ekranda koʻz oʻngingizda turadi.

12 Yanvar 2019