Andijonda uch oyda YTH natijasida 20 kishi halok boʻldi

10:46 23 Aprel 2019 Jamiyat
208 0

“XALQ SOʻZI ONLINE”. Saminjon Husanov/Andijon. Andijon viloyatida yoʻl harakati xavfsizligi xodimlari tomonidan tashkil etilayotgan targʻibot va tashviqot ishlari natijasida joriy yilning shu davriga qadar yoʻl-transport hodisalari soni oʻtgan yilga nisbatan solishtirilganida 38 taga kamaygan.

Sodir etilgan yoʻl-transport hodisalari soni 103 tani tashkil etib, ularning natijasida 20 kishi hayotdan bevaqt koʻz yumdi.

Viloyat IIB YHX boshqarmasi boshligʻi, podpolkovnik Sayidolim Zingirovning maʼlum qilishicha, 2019 yilning shu davriga qadar turli yoʻnalishdagi 68 ming 613 ta qoidabuzarlik holatlari qayd etilgan va natijada undirilgan jarimalar miqdori 6 milliard 141 million soʻmni tashkil etgan.

Tahlillar shuni koʻrsatmoqdaki, sodir etilgan harakatlarning 19 ming 707 tasi qoʻpol ravishda yuzaga kelgan. Mast holatda avtomashina boshqarish, tezlikni oshirish, odam tashish qoidalariga rioya etmaslik holatlari ham koʻplab uchrab turibdi. Bu esa viloyatda olib borilayotgan ishlar koʻlamini yanada kengaytirish lozimligidan dalolatdir. Zero, atigi 1 ta koʻngilsiz voqea ham aslida koʻpdir.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?