Andijonda sartaroshxona, mehmonxona va taksilar faoliyatiga ruxsat berildi

18:42 04 May 2020 Jamiyat
638 0

Andijon viloyatida jami 3750 ta tadbirkorlik subyektiga karantin tadbirlariga qatʼiy rioya qilgan holda faoliyatini tiklashga ruxsat berildi. Bu haqda 4-may kuni Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov raisligida oʻtkazilgan selektor yigʻilishida maʼlum qilindi.

Viloyatda karantin eʼlon qilingan kunga qadar jami 29 ming 811 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi.

Oʻzbekistonda koronavirus pandemiyasi yuzaga kelishi natijasida 2020-yil 16-mart kunidan karantin eʼlon qilinishi sababli 11 ming 184 ta xoʻjalik yurituvchi subyektlar faoliyati vaqtinchalik toʻxtatildi.

Viloyat hokimining topshirigʻiga asosan bugun, 4-maydan:

  • 508 ta transport uyushmalaridan 82 tasida litsenziyaga ega boʻlgan 4700 dan ortiq yengil avtomobillarni uyushmalar tomonidan kunlik sanitariya talablariga amal qilgan holda faoliyat yuritishga,
  • 3 ming 643 tasi ayollar va erkaklar uchun sartaroshxona va goʻzallik salonlarni sanitariya talablari asosida oraliq masofani saqlagan holda sanitariya - epidemiologik osoyishtalik markazi hamda soliq idoralari hodimlari nazorati ostida faoliyatini davom ettirishga,
  • 25 ta mehmonxonalarning har biriga sanitar vrachlarni jalb etgan holda xonalarni dezinfeksiya qilish va mehmonlarni kunlik tibbiy nazoratdan oʻtkazish orqali faoliyatini tiklashga ruxsat etildi.

Biroq, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Davlat sanitariya vrachining koʻrsatmasiga asosan pandemiya davrida kasallikni tarqalishini oldini olishni toʻliq nazorat qilish imkoniyati yoʻq boʻlgan jami 1096 ta, shundan, 459 ta umumiy ovqatlanish korxonalari (yetkazib berish xizmati asosida ishlash bundan mustasno), 115 ta toʻyxonalar, jamoat transportlari (avtobus, mikroavtobus) mavjud boʻlgan 426 ta yirik transport uyushmalari, 24 ta nodavlat-notijorat oʻquv markazlari, 72 tasi buyum bozorlari va savdo komplekslarining faoliyatini Respublika komissiyasi tomonidan alohida koʻrsatma boʻlgunga qadar faoliyat yuritishini vaqtincha cheklab turiladi.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?