Andijonda qalbaki pul tayyorlagan va uni oʻtkazish bilan shugʻullangan shaxslar aniqlandi

22:08 17 Oktyabr 2020 Jamiyat
227 0

9-oktyabr kuni soat 21:30 larda olingan maʼlumotga asosan, Andijon viloyati IIB JQB Korrupsiya va iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish boʻlimi hamda tuman IIB JQB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir oʻtkazildi. Tezkor-tadbir davomida Andijon tumanida yashovchi fuqarolar A.X va X.B.lar oʻzaro jinoiy til biriktirib, “Epson-P50” 3*1 rusumli rangli printer yordamida 100.000 soʻm kupyuradagi jami 6.900.000 soʻm qiymatdagi qalbaki pullarni tayyorlashib, kelgusida muomalaga kiritmoqchi boʻlgan vaqtlarida tadbir ishtirokchilari tomonidan ushlandi.

Mazkur holat yuzasidan Jalaquduq tumani IIB huzuridagi tergov boʻlinmasi tomonidan 2020-yil 10-oktyabr kuni A.X va X.B.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» bandi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan va ular Jinoyat protsessual kodeksining 221-moddasi tartibida ushlangan.

Olib borilgan dastlabki tergov harakatlari davomida A.X. 7-oktyabr kuni Jalaquduq tumanida yashovchi fuqarolar T.M, M.G va U.I.larning tuman hududida joylashgan savdo doʻkonlariga kirib, qalbaki usulda tayyorlangan 100.000 soʻmlik kupyuradagi pullarni oʻtkazgani aniqlangan.

Jinoyat ishi boʻyicha 12-oktyabr kuni X.B va A.X.larga nisbatan Jinoyat kodeksining 176-moddasi 2-qismi «v» hamda 168-moddasi 3-qismi «b» bandlari bilan ayb eʼlon qilinib, ularga nisbatan “Qamoqqa olish” tarzidagi ehtiyot chorasi qoʻllanilgan. Hozirda mazkur holat yuzasidan tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?