Andijonda oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan direktor jazolandi

12:23 17 Aprel 2019 Jamiyat
366 0

Andijon viloyati Izboskan tumanida oʻqituvchilarni majburiy mehnatga jalb qilgan maktab direktori maʼmuriy javobgarlikka tortildi. Bu haqda Mehnat vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd qilinishicha, Davlat mehnat inspeksiyasi tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv natijalariga koʻra, majburiy mehnat holati tasdiqlandi. Andijon viloyati Izboskan tumani 7-sonli maktab direktori A.Oʻrmonov Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi Kodeksning 51-moddasi boʻyicha maʼmuriy javobgarlikka va EKOIHning 3 barobari miqdorida jarimaga tortildi.

Eslatib oʻtamiz, oldinroq inspeksiya Andijonda majburiy mehnatga jalb qilish boʻyicha tekshiruv oʻtkazayotgani xabar qilingandi.

“Agar majburiy mehnat holatlariga duch kelsangiz, 71-200-06-00 telefon raqamlari yoki @mehnathuquqbot telegram boti orqali bizlarga xabar bering”, - deyiladi bayonotda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?