Andijonda matematika fani oʻqituvchilarining kasbiy mahoratlari namoyish etildi 

17:43 13 Sentyabr 2019 Jamiyat
263 0

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida jamiyatimizda oʻqituvchi kasbining nufuzini oshirish, mazkur sohada faoliyat koʻrsatayotgan barcha fidoyi insonlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish, ularning qadr-qimmatini yuksaltirishga qaratilgan islohotlar amalga oshirilmoqda. Bu esa oʻqituvchilardan oʻz ustida tinimsiz ishlash, farzandlarimizni yangicha tafakkur, yuksak insoniy tuygʻular bilan oshno etish, ularda mustaqil va ijodiy fikrlash qobiliyatini uzluksiz rivojlantirib borishlari talab etmoqda, deyiladi Andijon viloyati XTB matbuot xizmati bergan xabarda.

Joriy yilning 11-13-sentyabr kunlari Andijon viloyatida matematika fanidan “Yilning eng yaxshi fan oʻqituvchisi - 2019“ koʻrik-tanlovining respublika bosqichi oʻtkazildi.

Tanlovning ochilish marosimida Xalq taʼlimi vazirligi hamda Respublika taʼlim markazidan biriktirilgan masʼullar tomonidan tanlov jarayonini shaffof, adolatli tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

11-12-sentyabr kunlari ishtirokchilar tomonidan yangi metodik gʻoya, pedagogik uslublar asosida “Mahorat darslari” oʻtildi. Har bir kun yakunida ishtirokchilarga natijalar eʼlon qilindi.Soʻngra hakamlar hayʼati tarkibiga kiritilgan tajribali pedagoglar hamda hududlarda gʻolib boʻlgan 14 nafar matematika fani oʻqituvchilari tanlovni oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi Nizom, baholash mezonlari bilan tanishtirildi. Ishtirokchilarga kerakli tavsiyalar berildi.

Keyingi bosqichda fan oʻqituvchilari oʻz bilimlarini test sinovi orqali namoyish etdi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?