Andijonda mast holdagi shaxs shamdan chiqqan olov ichida halok boʻldi

16:25 16 Yanvar 2019 Jamiyat
302 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyatining Xoʻjaobod tumani, Beshqovoq mahallasida yashagan D.S. uyiga mast holda kelib, yonib turgan shamning ustiga yiqiladi. Bu holat kecha taxminan soat 23:50 larda sodir boʻlgan, deya xabar berdi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi.

Natijada yongʻin kelib chiqqan va uyning jihozlari yonib zarar koʻrgan. Eng achinarlisi, D.S.ning kuygan holatdagi jasadi topilgan.

Ayni paytda ushbu holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?