Andijonda “Xan” elektromobillari ishlab chiqariladi

14:24 04 Noyabr 2019 Jamiyat
111 0

Butun jahonda elektromobillar ommalashib bormoqda. Bunga sabab ularning zamonaviy, tejamkor va atrof-muhitga ziyon yetkazmasligidir. Andijon viloyatida ham elektromobil ishlab chiqarishga asos solinishi koʻzda tutilmoqda. “Xonobod Kyu Bi Koin” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan ishlab chiqarilgan istiqbolli loyiha yuzasidan muzokara olib borildi. Viloyat hokimi Shuhratbek Abdurahmonov xorijlik sarmoyadorlar bilan uchrashar ekan, ushbu loyihani qoʻllab-quvvatlashini bildirib, ularga belgilangan imtiyoz va imkoniyatlardan foydalanish borasida tushunchalar berdi.

Xonobod shahrida ishlab chiqarilishi rejalashtirilayotgan “Xan” rusumidagi elektromobillar benzin yoki dizel yonilgʻisiga ehtiyoj sezmaydi. Ularni uy sharoitida quvvatlantirish orqali 130 km.gacha masofani bosib oʻtish mumkin. Yoʻlda quvvati tugagan mashinani qoʻshimcha benzin yoki dizel yonilgʻisi orqali ham boshqarish imkoni mavjud.

Elpektromobillar ayni paytda Andijon shahrida sinovdan oʻtkazilmoqda. Kamchiliklar yuzaga kelgani holda ularni bartaraf etish va ishlab chiqarishga yoʻnaltirish rejalashtirilgan.

Saminjon HUSANOV.
(“Xalq soʻzi”)


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?