Andijonda yigit sevgan qizi sabab qotilga aylandi

12:11 04 Avgust 2020 Jamiyat
559 0

Andijon viloyatida yigit yaxshi koʻrgani qiziga begona bola tomonidan aytilgan nojoʻya soʻzlarga chidab turolmay, uning hayotiga yakun yasadi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Joriy yilning 25-iyul kuni soat 22:30 larda 18 yoshli O.N., oʻzining yaxshi koʻrgan qiziga gap otganligi uchun 30 yoshli J.Oʻ. bilan Asaka tumanida oʻzaro janjallashib qoladi.

Kelishmovchilik natijasida O.N. qoʻlidagi temir boʻlagi bilan J.Oʻ.ning bosh qismiga urib, tan jarohati yetkazgan. Natijada J.Oʻ. ogʻir tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan. Koʻrsatilgan tibbiy muolajalarga qaramasdan J.Oʻ. joriy yilning 27-iyul kuni shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Va ayblanuvchi O.N., gumon qilinuvchi tariqasida jalb qilinib, prosessual tartibida ushlangan. Jinoyat ishi JKning 104-moddasi 1-qismidan 104-moddasi 3-qismi «d» bandiga (jabrlanuvchining oʻlimiga sabab boʻlgan qasddan badanga ogʻir shikast yetkazish) qayta malakalangan.

Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.

Tavsiya etamiz

Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?