Andijonda IIB xodimlari uchun hududni nazorat qilishga koʻmaklashuvchi maxsus telefonlar topshirildi

18:23 10 May 2019 Jamiyat
468 0

Illyustrativ foto

Andijon viloyati ichki ishlar organlari profilaktika inspektorlariga “Namunali hudud” tajribasini yaratish doirasida “Profinspektor” dasturiy taʼminoti oʻrnatilgan mobil telefonlar topshirildi.

Ushbu mobil telefon biriktirilgan hududni monitoring qilish, tahliliy geoaxborot tizimi, statistikasi va nazoratini olib borishga moʻljallangan.

Shuningdek, huquqbuzarliklar va sodir etilgan jinoyatlar qayd etiladi, xarita bilan ishlash, obyektlar joylashuvi, kategoriyasi va koordinatalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi. Jinoyat sodir etib, qidiruvda boʻlgan shaxslar toʻgʻrisida, avtomobillarni davlat raqami belgilari orqali qidirish imkoniyatlari mavjud.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?