Andijonda hunarmandchilikni rivojlantirish uchun 20 mlrd 684 mln soʻm ajratildi

16:49 22 Noyabr 2018 Madaniyat
222 0

Arxiv surati

Saminjon Husanov, “Xalq soʻzi online”/Andijon. Andijon viloyati azaldan hunarmandlik markazlaridan biri hisoblangan. Ayniqsa, Shahrixon, Asaka va Andijon shaharlarida bu borada oʻziga xos tajriba maktabi yaratilgan. Necha ming yillik anʼanalar bugun ham davom etmoqda. “Hunarmand” uyushmasining Andijon viloyati boʻlimi tomonidan shu kungacha 2 ming 581 nafar aʼzo qayd etilganligi ham bunga misoldir.

“Aʼzolarimizning 1 ming 100 nafarini xotin-qizlar, 780 nafarini esa yoshlar tashkil etadi. Davlatimiz rahbarining 2017 yil 17 noyabrdagi “Hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va hunarmandlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoni asosidagi imtiyozlar bu boradagi faoliyatimizni yanada rivojlantirishga asos boʻlmoqda” - deydi uyushma rahbari Shahloxon Soliyeva.

Viloyatda hunarmandchilikni yanada rivojlantirish maqsadida xorijdan ishlab chiqarish uskunalari olib kelinmoqda. Buning uchun tijorat banklari tomonidan 20 milliard 684 million soʻm miqdorida kredit mablagʻlari ajratildi.


Izohlar

Hozircha hech kim fikr bildirmagan. Balki Siz birinchilardan bo'larsiz?